Sardorlar faoliyati muhokama etildi
Andijon shahridagi Yoshlar markazida «Yangi O‘zbekiston – yangi sardorlar» shiori ostida sardorlar forumi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan forum 2020-2021-o‘quv yilida sardorlar bilan ishlash tizimi samaradorligini yanada oshirish, ular bilan ishlashni yangi bosqichga olib chiqish, sardorlarning tashabbus hamda loyihalarini qo‘llab-quvvatlashni o‘z oldiga asosiy maqsad qilgan.
Forum ishtirokchilari yo‘nalishlar hamda guruhlar doirasida sardorlik faoliyatini samarali olib borish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etdi. Shuningdek, tajribali, yuqori natijalarga erishgan jurnalistlar, sportchilar, psixolog va Davlat mukofoti sovrindorlari tomonidan mahorat darslari ham o‘tkazildi.
Viloyat sardorlari tomonidan har bir yo‘nalish bo‘yicha kelgusida amalga oshiriladigan loyihalar taqdimotlari o‘tkazilib, keng muhokama qilindi.
Yakunida Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi tomonidan ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi hamda forumni an’anaviy tarzda o‘tkazishga kelishib olindi.
[gallery-400]
F. UBAYDULLAEV, Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA