Sankt-Peterburg: sayohatchilarni maftun etuvchi manzil
FOTOREPORTAJ
Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahri o‘zining betakror me’moriy qiyofasi, keng ko‘chalari va tarixiy obidalari bilan sayyohlar e’tiborini tortib keladi.
Shaharning markaziy ko‘chalari va xiyobonlarida XVIII–XIX asrlarga mansub binolar saqlanib qolgan bo‘lib, ular bugungi kunda ham shahar me’moriy qiyofasining ajralmas qismi hisoblanadi. Nevskiy bulvari, Dvorsovaya maydoni atrofidagi hududlar hamda Neva daryosi bo‘ylab joylashgan ko‘chalarda tarix va zamonaviylik uyg‘unligini kuzatish mumkin.
[gallery-29886]
Kun davomida shahar ko‘chalarida mahalliy aholi va sayyohlar gavjumligi kuzatilsa, kechki payt yoritish tizimlari va ko‘tarma ko‘priklar manzarasi Sankt-Peterburgga o‘ziga xos joziba bag‘ishlaydi.
Shahar ko‘chalarida jamoat transporti tizimi, velosiped yo‘laklari va piyodalar uchun yaratilgan qulayliklar aholi hamda mehmonlarning erkin harakatlanishiga xizmat qilmoqda.
Sankt-Peterburgning tarixiy markazi YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, bu hudud shaharning madaniy va turistik salohiyatini namoyon etadi.
Otabek MIRSOATOV (surat), O‘zA