Samolyot qulashi ortidan 5 nafar sportchi halok bo‘ldi (+video)
AQSHning Texas shtatidagi turnirga piklbol jamoasini olib ketayotgan samolyot halokatga uchradi. Bortdagi besh kishining barchasi halok bo‘lgani haqida Fox News xabar berdi.
Yo‘lovchilar “Amarillo Piklbol” klubi a’zolari hisoblanardi. Ular bo‘lgan samolyot Uimberli shahriga 23:00da qulab tushgan.
“Uchuvchi va bortdagi 4 yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘ldi”, deya xabar berdi mahalliy politsiya serjanti Billi Rey.
Hodisa yuzasidan AQSH federal organlari tergov harakatlarini olib bormoqda.
“Ular ajoyib o‘yinchilar edi. Har doim dam olish kunlari o‘nlab turnirlar bo‘lib o‘tadi. Ba’zilar ushbu turnirlarga qiziqib uzoq safarlarga ham boradi”, dedi Amarillo tennis klubi prezidenti Den Dayer.
Piklbol tennis, badminton va stol tennisi elementlari birlashgan, maxsus raketkalar va teshikli plastik to‘p bilan kichik maydonda o‘ynaladigan sport turi hisoblanadi. Piklbol aynan AQSHda o‘ylab topilgan bo‘lib, bugungi kunda eng tez rivojlanayotgan sport turlaridan biri hisoblanadi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Ic7Sk72ithg" title="Samolyot qulashi ortidan 5 nafar sportchi halok bo‘ldi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Karim Xudoyqulov, O‘zA