Sambo: Osiyo kubogining ilk kunida ikkita medal
Qozog‘istonning Aktau shahrida sambo bo‘yicha o‘tkazilayotgan Osiyo kubogi musobaqasining ilk kunida o‘zbekistonlik sportchilar 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Ayollar o‘rtasida kechgan bahslarda 50 kg vaznli Gulsanam Bekdullayeva va 54 kg og‘irlikda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Patpa Joldasbayeva shiddatli bahslar yakuniga ko‘ra, terma jamoamiz hisobiga bronza medallarini qo‘shib qo‘yishdi.
Qit’aning 14 ta davlatidan 200 nafarga yaqin ishtirokchi bellashayotgan mazkur nufuzli musobaqada mamlakatimizning 12 nafar sportchisi samboning uchta yo‘nalishidagi bellashuvlarda qatnashmoqda.

Yana bir e’tiborli jihat, Osiyo kubogi bahslarini boshqarib borishda Islom Odilov yetakchiligidagi 3 nafar o‘zbekistonlik hakam ishtirok etmoqda.
Musobaqalar 10 oktyabrga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA