Rustam Qoriyev: Ustozning katta-kichigi bo‘lmaydi (+video)
Ustoz
Kichik bir niholni yerga qadab, uni meva beradigan darajaga yetkazguncha dehqon qancha mehnat qiladi, umrining qancha qismini sarflaydi. Ustoz ham xuddi dehqon kabi o‘quvchiga bilim berishga umrini baxshida qiladi.
Ustozning katta-kichigi bo‘lmaydi. Kimdir sizga bir harf o‘rgatdimi yoki ilm berdimi, u siz uchun ustozdir. Uning qadrini, mehnatini bilishingiz, hurmatini joyiga qo‘yishingiz lozim.
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligidagi “Ustoz” loyihasining mehmoni, “Ibrat farzandlari” loyihasi rahbari Rustam Qoriyev ustozning inson hayotidagi o‘rni haqidagi fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/rJmQGf7Zicg" title="Rustam Qoriyev: Ustozning katta-kichigi boʻlmaydi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Komilova, A.Ahmedov (video), O‘zA