Ronaldinyo Messining JCh-2026 dagi ishtiroki haqida o'z fikrlarini bildirdi
"Barselona" va Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Ronaldinyo Lionel Messini hamon dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb hisoblaydi.
"Lionel Messi men uchun hamon dunyoning eng yaxshi futbolchisi. Umid qilamanki, Leo jahon chempionatiga ajoyib sport formasida yetib keladi va biz uchun mo‘jizalar yaratishda davom etadi", — deya Ronaldinyoning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda The Touchline nashri.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan jahon chempionatida tarkibida Lionel Messi bo‘lgan Argentina terma jamoasi bosh sovrinni qo‘lga kiritgan edi. Kelayotgan yozda "albiseleste" jahon kubogini himoya qiladi.
Klub faoliyatida Messi qariyb uch yildan beri "Inter Mayami" sharafini himoya qilib kelmoqda.