Referendum: xorijlik kuzatuvchilar qanday fikrda? (+Video)
MSKdagi uchrashuvlar haqida…
Bugun mamlakatimizda muhim siyosiy voqelik - umumxalq referendumi jarayonida qator xorijiy tashkilotlar vakillari Markaziy saylov komissiyasida bo‘lishdi.
Shanxay hamkorlik tashkiloti missiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda Turkiy davlatlar Parlament assambleyasi delegatsiyalari vakillaridan iborat xalqaro kuzatuvchilar referendum arafasida saylov uchastkalarida barcha zarur shart-sharoit yaratilgani, komissiyalar ushbu siyosiy voqelikka tayyorligiga guvoh bo‘lganini qayd etishdi.
Jarayon xalqaro standartga muvofiq takomillashtirilgani, MSK tomonidan tasdiqlangan reja va milliy qonunchilik asosida referendumga tayyorgarlik ko‘rish, tadbirni o‘tkazish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilgani to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.
Xalqaro tashkilotlar vakillari referendumga doir axborot bilan ta’minlash ishi yaxshi tashkil etilganini e’tirof etib, referendum jarayonida yangi saylov texnologiyasi sinovdan o‘tkazilayotganiga ham e’tibor qaratishdi.
Kuzatuvchilar respublikamizning barcha hududlarida referendumni kuzatishda davom etishyapti. Tadbir yakuni bo‘yicha tegishli xulosalar, tavsiyalar beriladi.
<iframe width="1920" height="969" src="https://www.youtube.com/embed/Oppee9O_HFU" title="Referendum: xorijlik kuzatuvchilar qanday fikrda? (+Video)MSKdagi uchrashuvlar haqida" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Behruz Xudoyberdiyev,
Doniyor Yakubov (video), O‘zA