“Raqamli sud” konsepsiyasining huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari
Saddam QODIRALIEV kichik ilmiy xodim Toshkent davlat yuridik universiteti Toshkent, O‘zbekiston saddamkadiroff@gmail.com
Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida “Raqamli sud” konsepsiyasini joriy etishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari, sudlar faoliyatini raqamlashtirishga oid amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar, protsessual qonunchilikdagi elektron sud ish yurituvi elementlari hamda sudlar faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bilan bog‘liq huquqiy masalalar tahlil qilingan.
Tayanch so‘zlar: raqamli sud, elektron odil sudlov, sudlar faoliyatini raqamlashtirish, sun’iy intellekt, elektron hujjat, videokonferensaloqa, protsessual kafolatlar, sud mustaqilligi, kiberxavfsizlik.