Qilichbozlarimizning yana bir muvaffaqiyati
Qirg‘izistonning Bishkek shahrida U17 va U20 yosh toifalarida qilichbozlikning shpaga yo‘nalishi bo‘yicha nufuzli xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari munosib ishtirok etdi.
Xususan, yigirma yosh toifasida J.Apseterov barcha raqiblaridan ustun keldi hamda shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. U17 yosh toifasida esa Q.Kamalov barcha raqiblarini ortda qoldirib, musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritdi va oltin medalga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, u U20 yosh toifasida ham yuqori natija qayd etib, bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Sportchilarimizning xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlari mamlakatimiz sport nufuzini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA