Qashqadaryolik sportchilar Osiyo o‘yinlarida 7 ta medalni qo‘lga kiritdi
Yaponiyaning Aichi-Nagoya shaharlarida 24-sentabr – 4-oktabr kunlari o‘tkazilgan XX Osiyo o‘yinlarida Qashqadaryolik sportchilar mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilib, 7 ta medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda viloyat sport boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Musobaqalarda viloyat vakillari yengil atletika, kurash, akademik eshkak eshish, erkin kurash va dzyudo sport turlarida sovrindorlar safidan joy oldi.
Jumladan, yengil atletikaning balandlikka sakrash yo‘nalishida Barnoxon Sayfullayeva, kurash bo‘yicha Shohruhxon Baxtiyorov oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Akademik eshkak eshish bahslarida Rayhon Sattorova, erkin kurash bo‘yicha 97 kilogramm vazn toifasida Sherzod Poyonov kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Dzyudo bahslarida esa Samariddin Qo‘chqorov (-60 kg) va Nurbek Murtozayev (-90 kg, jamoaviy bahslar), Arslon Tojiyev (-81 kg, jamoaviy bahslar) bronza medallari bilan taqdirlandi.
Shu tariqa, Qashqadaryolik sportchilar hisobida 2 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza – ya’ni 7 ta medal jamlandi.
Bu natija viloyatda sportchilarni tayyorlash, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok etishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar samarasini yana bir bor namoyon etdi.
O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri