Qarshida O‘zbek og‘ir atletikasining yangi chempionlari kashf etilmoqda
Qarshi shahrida og‘ir atletika bo‘yicha U-17 va U-15 yosh toifalarida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston chempionati o‘zining yuqori nuqtasiga yaqinlashmoqda.
Chempionatning ortda qolgan oltinchi kungi bellashuvlari natijasiga ko‘ra, 17 yoshlilar o‘rtasida 16 ta jamoa orasida Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining yosh og‘ir atletikachilari 6 ta oltin va 2 ta kumush medal bilan peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, 15 yoshlilar musobaqasida 24 ta jamoa orasida Respublika og‘ir atletika markazi tarbiyalanuvchilari 5 ta oltin va 4 ta kumush medal bilan turnir jadvalini boshqarmoqda.

Bugun 28-aprel chempionatning yettinchi kungi bahslarida qizlar -77 kiloda, yigitlar 75 va +75 kilogramm og‘irlikdagi sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradi.


O‘zbek og‘ir atletikasining yangi yulduzlarini kashf etadigan mamlakat chempionati 30-aprelga qadar davom etadi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA