Qarindoshni vazirlikka tayinlash bahsi: Madyar qarorini himoya qildi
Vengriya Bosh vaziri Peter Madyar hukumat tarkibiga oid qarorlari yuzasidan bildirilgan tanqidlarga javob berdi. U o‘z qaynog‘asini adliya vaziri etib tayinlash haqidagi qarorini himoya qilib, bu qadam kasbiy salohiyatga asoslanganini ta’kidladi.
Madyar tomonidan lavozimga tavsiya etilgan Marton Melletey-Barna tajribali huquqshunos sifatida tanilgan. U “Tisa” asoschilaridan biri bo‘lib, ko‘p yil partiya faoliyatining huquqiy yo‘nalishini boshqargan. Hukumat yetakchisi uning mahorati va qarashlari shubhasiz ekanini qayd etdi.
Shu bilan birga Madyar ushbu qarori shaxsiy munosabat tufayli bahsga sabab bo‘layotganini ham tan oldi. Uning fikricha, qarindoshlik davlat boshqaruvida shaffoflik talabi kuchaytirilishini taqozo etadi va shu bois har qanday tashabbusning ochiqligi ta’minlanadi.
Mazkur tayinlov muxolif Fides partiyasi tomonidan keskin tanqid qilinmoqda. Avvalgi Bosh vazir Viktor Orban davrida shakllangan siyosiy tizimni isloh qila boshlagan Madyar esa Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashish, muzlatilgan mablag‘ni qaytarish va boshqaruvda muvozanat tiklanishini ustuvor vazifa sifatida ko‘ryapti.
Musulmon Ziyo, O‘zA