Pul massasi miqdori oshishda davom etmoqda
Markaziy bankning ma’lum qilishicha, joriy yilning 1 sentyabr holatiga pul massasi umumiy miqdori qariyb 250,19 trln so‘mga yetgan.
Avgust oyida pul massasining o‘sishi 8,0 trln so‘mni tashkil qilgan. Bunda, milliy valyutadagi pul massasi 8,2 trln so‘mga oshgan bo‘lsa, chet el valyutasidagi depozitlar miqdori 188 mlrd so‘mga kamaygan.
Xususan, oy davomida muomaladagi naqd pullar hajmi ham 1,5 trln so‘mga ko‘payib, qariyb 52,0 trln so‘mga yetgan.
Sh. Mamaturopova,
O‘zA