Polvonlarimiz Zagrebda shohsupaga ko‘tarildi
Xorvatiyaning Zagreb shahrida sport kurashlari bo‘yicha Gran-pri turniri bo‘lib o‘tdi. Musobaqaning yunon-rum kurashi bahslarida Alisher G‘aniyev va Aytjan Xalmaxanov mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildi.
Nufuzli turnirda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Alisher polvon -60 kg. vaznda kumush, Aytjan polvon esa -63 kg. vazn toifasida bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Afsuski, Jasurbek Ortiqboyev, Mehroj Bahromov, Islomjon Bahromov, Nozimjon Boyqo‘ziyev, Abdullo Aliyev, Doniyorxon Nakibov, Samandar Bobonazarov, Temurbek Nasimov va Jalgasbay Berdimuratov kabi polvonlarimiz medallar uchun kurashish yo‘lida mag‘lub bo‘ldi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA