Polşa Seymi delegatsiyasi - Samarqandda
Polşa Respublikasi parlamenti - Seymi deputati, «Polşa–Özbekiston» parlamentlararo döstlik guruhi raisi, milliy mudofaa vaziri örinbosari Pavel Beyda boşçiligidagi delegatsiya Samarqand şahriga keldi.
Mehmonlar Samarqand bilan tanişuvni buyuk muhaddis — Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qilişdan boşladi. Delegatsiya aʼzolariga hadis ilmi sultonining ilmiy-maʼnaviy merosi, ibratli hayot yöli hamda majmuada amalga oşirilgan keng kölamli bunyodkorlik işlari haqida batafsil maʼlumot berildi.

Şundan söng delegatsiya aʼzolari Siyob dehqon bozorida bölib, Samarqand noni, şarq şirinliklari va bozor muhiti bilan yaqindan tanişdilar.


Taşrif davomida mehmonlar Amir Temur maqbarasi, Registon maydoni, Şohi Zinda yodgorligi, Mirzo Uluğbek rasadxonasi va boşqa tarixiy-madaniy meros obʼektlarida ham böldi.
Ğ. Hasanov,
ÖzA muxbiri