Özbekistonlik yoşlar Moskvadagi kosmik tajribalarda iştirok etdi
Kosmik tadqiqotlar va yuqori texnologiyalar asri bölmiş XXI asrda insoniyatning fazoni özlaştirişga bölgan qiziqişi nafaqat yirik davlatlar, balki rivojlanayotgan mamlakatlar yoşlari uçun ham yangi ilmiy imkoniyatlar eşigini oçmoqda. Sababi, kosmik biologiya, sunʼiy intellekt va avtonom boşqaruv tizimlari sohasidagi izlanişlar kelajak sivilizatsiyasining poydevorini belgilab bermoqda.
Aynan mana şunday global ilmiy muhitda özbek yoşlarining xalqaro maydonda öz sözini ayta boşlaşi mamlakatimiz intellektual salohiyatining yangi bosqiçga çiqqanidan dalolat beradi.
Moskvadagi nufuzli «Skolkovo» innovatsion markazida bölib ötgan ilk «ORBITA–2026» xalqaro kosmik ўйинларида Özbekiston jamoasi ilmiy va muhandislik loyihasi bilan muvaffaqiyatli iştirok etdi.

Dunyoning yetakçi davlatlaridan kelgan eng iqtidorli yoş olimlar va muhandislarni birlaştirgan uşbu nufuzli harakatda Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti (TIQXMMI) Milliy tadqiqot universitetining "TIIAME ORBIT" jamoasi Özbekiston şarafini munosib himoya qildi.
Yoş olimlar guruhi musobaqaga şunçaki iştirokçi sifatida emas, balki kosmik biologiya va ekstremal muhit muhandisligiga oid öziga xos innovatsion yeçimlarga ega jiddiy raqobatçi sifatida kirib bordi.

Ekstremal şaroitlarda tirik organizmlarning moslaşuvçanligini örganişdan tortib, Mars missiyasining murakkab simulyatsiyalarida avtonom yaşaş va muhandislik vazifalarini bajarişgaça bölgan sinovlarda özbekistonlik talabalar yuqori professionallik körsatdi.
Jumladan, loyiha doirasida stratosferaga maxsus qurilma uçirilib, şilliqurtlar, bakteriyalar va çuvalçanglarning noodatiy muhitga taʼsirlanişi örganildi. Qurilmaga örnatilgan sensorlar harorat, bosim va boşqa muhim körsatkiçlarni qayd etdi. Parvoz yakunida esa tirik organizmlarda yuz bergan özgarişlar tahlil qilindi.

Mutaxassislarning qayd etişiça, tajriba natijalari kelajakda kosmik biologiya, biotexnologiya va biotibbiyot muhandisligi yönalişlaridagi tadqiqotlar uçun muhim maʼlumotlar berişi mumkin. Yoşlarimizning robototexnika, biologiya va zamonaviy texnologiyalarni birlaştirgan bunday loyihalari ilmiy izlanişlar uçun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.
Gulnoza Boboyeva,
ÖzA