O‘zbekistonda ta’limni isloh qilishning yangi bosqichi boshlandi
Ta’lim — inson kelajagi va davlat farovonligi poydevoridir. Ma’rifat yo‘li qanchalik izchil va sifatli qurilgan bo‘lsa, fuqarolar jamiyatda shunchalik ko‘p imkoniyatlarga ega bo‘ladi.
- O‘zbekistonda ta’lim sohasini isloh qilishning yangi davri boshlanmoqda. Prezidentimiz Ta’lim va ilm-fan vazirligini tashkil etish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi, - deydi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Zuhra Shadiyeva. — Ta’lim siyosatining asosiy yo‘nalishlari - maktabgacha ta’limdan tortib, oliy va oliy ta’lim, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, qo‘shimcha va norasmiy ta’lim yagona boshqaruv modeli doirasida birlashtiriladi. Har bir bosqich navbatdagisi bilan mantiqan bog‘liq bo‘lgan yaxlit va uzluksiz ta’lim tizimi shakllantirilmoqda.
Ta’lim va iqtisodiyotning real ehtiyojlari o‘rtasidagi bog‘liqlik alohida ahamiyat kasb etmoqda. Raqamlashtirish, sun’iy intellekt, avtomatlashtirish va yangi kasblarning paydo bo‘lishi moslashuvchanlikni talab etadi. Zamonaviy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarga ega mutaxassislarga talab ortib bormoqda. Bu borada davlatimiz rahbarining 2026-yil 29-sentabrdagi “Oliy ta’limda dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni muhim dasturamal bo‘ldi.
Amalga oshirilayotgan islohotlar qonunchilikka tayanadi. “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonunda ta’lim tizimining asosiy tamoyillari belgilangan. “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonunda pedagogning huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si mustahkamlangan, "ustoz-shogird" an’anasini kenga tadbiq etish ko‘zda tutilgan. Yagona ta’lim tizimi erta rivojlanish va maktab ta’limidan kasbiy tayyorgarlik va oliy ta’limgacha bo‘lgan uzluksizlikni ta’minlaydi. Bu esa inson qobiliyati, uning kasbiy vakolatlari, ilmiy salohiyati va bunyodkorlikka shayligi muhim rerurs bo‘lgan bilimlarga asoslangan iqtisodiyotga o‘tish uchun kerakli shart-sharoitlar yaratish degani.
Lira Shafik yozib oldi, O‘zA