O‘zbekiston va Ozarbayjon strategik minerallar sohasida hamkorlik qiladi
Ozarbayjonning “NEQSOL Holding” kompaniyasi O‘zbekistonda mineral resurslarni o‘zlashtirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda.
“Trend” axborot agentligi ma’lum qilishicha, ushbu xorijiy korxona O‘zbekiston Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi bilan titan va boshqa strategik xom ashyo turlarini birgalikda o‘zlashtirish to‘g‘risida bitim imzoladi.
Qayd etilishicha, mazkur hujjat V Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston – Ozarbayjon ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimida rasmiylashtirilgan.
D.Hakimov, O‘zA