Özbekiston va Ozarbayjon örtasidagi ittifoqçilik munosabatlari mustahkamlanmoqda
Özbekiston va Ozarbayjon örtasidagi köp asrlik tarixiy muştaraklik, maʼnaviy yaqinlik va özaro işonçga asoslangan munosabatlar faol rivojlanmoqda. Bugungi kunda ikki qardoş davlatlarning özaro hamkorligi yangiça siyosiy, iqtisodiy va mintaqaviy ahamiyat kasb etmoqda. Turli sohalardagi hamkorlikni yanada çuqurlaştirişga qaratilgan va yaqinda imzonlangan ikki tomonlama hujjatlar buning muhim tasdiğidir.

Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi deputati Samir Veliyev ikki mamlakat örtasidagi munosabatlarni rivojlantiriş istiqbollari, erişilgan kelişuvlarning ahamiyati va davlatlararo şerikçilikni mustahkamlaş haqida quyidagilarni sözlab berdi.
– Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va Özbekiston Prezitenti Şavkat Mirziyoyevning uzoqni közlagan siyosati tufayli bugungi kunda ikki davlat örtasidagi munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqiçga kötarildi. Özaro asosda tuzilgan hujjatlar ham aloqalarni mustahkamlaşga jiddiy hissa qöşmoqda
Xususan, 2024-yil 23-avgustda Toşkentda ikki mamlakat yetakçilari tomonidan Ozarbayjon Respublikasi va Özbekiston Respublikasi örtasidagi ittifoqçilik munosabatlari töğrisidagi Şartnoma imzolangan edi. Bu hujjat munosabatlarimizni strategik ittifoqçilik darajasiga olib çiqişda huquqiy asos yaratdi.
Deputat şu yilning avgust oyida Prezident Ilhom Aliyevning Özbekistonga taşrifi davomida qator muhim hujjatlar imzolanganini ham eslatib ötdi. Abadiy döstlik töğrisidagi şartnoma hamda Ozarbayjon va Özbekiston örtasidagi pensiya taʼminoti sohasidagi hamkorlik töğrisidagi Bitim şular jumlasidandir.
– 3-noyabr kuni bölib ötgan Ozarbayjon Milliy Majlisi yiğilişida har ikki hujjat ham ratifikatsiya qilindi. 11 ta moddadan iborat Abadiy döstlik töğrisidagi şartnomadan közlangan maqsad – Özbekiston va Ozarbayjon örtasidagi döstlik, strategik şerikçilik va ittifoqçilik munosabatlarini mustahkamlaş, turli sohalarda özaro hamkorlikni rivojlantirişdan iborat. Hujjat ikki qardoş xalqning umumiy tarixi, ularning maʼnaviy yaqinligi özaro işonçi va eng asosiysi, kelajakka bölgan yagona qaraşining huquqiy va siyosiy ifodasi bölib xizmat qiladi. Bugun biz munosabatlarimizni abadiy döstlik falsafasi asosida bunyod etmoqdamiz, - deydi S. Veliyev.
Deputat şuningdek, şartnomaning alohida ahamiyatga ega qoidalaridan biri – tomonlarning bir-birining suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini himoya qilişga qaratilgan özaro majburiyatlarining belgilanganini ham qöşimça qildi.
Şartnomada parlamentlararo aloqalarni kengaytirişga ham alohida eʼtibor qaratilgan. Uşbu hujjat ikki mamlakat parlamentlari örtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirişga öz hissasini qöşadi.
Samir Veliyev Ozarbayjon va Özbekiston örtasidagi pensiya taʼminoti sohasidagi hamkorlik töğrisidagi Bitim haqida töxtalib, 26 moddadan iborat mazkur hujjatdan közlangan asosiy maqsad - mamlakatlarimiz örtasidagi pensiya taʼminoti sohasidagi hamkorlikni rivojlantiriş hamda fuqarolarning pensiya huquqlarini himoya qilişga qaratilganini taʼkidladi. Pensiya taʼminoti sohasidagi boşqa davlat qonunçiligi qöllanganda, iştirokçi davlatlar fuqarolariga, öşa davlat fuqarolari bilan bir xil huquq va majburiyatlar beriladi.
Deputat bugungi kunda Ozarbayjon va Özbekiston kengroq geografik makondi muhim rol öynayotganini taʼkidladi. Xususan, Turkiy dunyo integratsiyasi, Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz örtasidagi transport-logistika aloqalari hamda “Örta yölak”ni rivojlantirişda.
Imzolangan hujjatlar nafaqat siyosiy aloqalarni, balki şuningdek, iqtisodiy va savdo hamkorligini mustahkamlaşga ham xizmat qiladi. Rasmiy statistika maʼlumotlari ham buni tasdiqlaydi: 2024-yilda Ozarbayjon va Özbekiston örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmi 252 million dollarni taşkil etgan bölsa, 2025-yilda bu körsatgiç 795 million dollarga yetib, uç baravardan köproqqa oşdi. Joriy yilning yanvar-may oylarida özaro tovar ayirboşlaş hajmi ötgan yilning şu davriga nisbatan 33 foizga oşdi.
Aziza Alimova yozib oldi, ÖzA