O‘zbekiston va Belgiya: savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik faollashtiriladi
Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Belgiya Qirolligining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Matias Kende bilan uchrashdi.
Unda O‘zbekiston va Belgiya o‘rtasidagi munosabatlarning bugungi holati hamda parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Erishilgan kelishuvlarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlashda parlamentlarning o‘rni muhim ekani alohida qayd etildi. Parlamentlararo munosabatlarni kengaytirish, hamkorlik bo‘yicha guruhlar va parlament qo‘mitalari o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Uchrashuvda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni faollashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, Belgiya kompaniyalarining O‘zbekiston bozoridagi ishtirokini kengaytirish, texnologiyalar transferi va mutaxassislar tayyorlashni nazarda tutuvchi sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish muhimligi qayd etildi.
N.Abduraimova, O‘zA