O‘zbekiston terma jamoasining navbatdagi g‘alabasi
FOTOREPORTAJ
Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston milliy futbol markazida “CAFA U-17 Championship – 2026” turniri bo‘lib o‘tmoqda. Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan ushbu musobaqa yosh futbolchilarning xalqaro tajribasini oshirish, ularning mahoratini sinovdan o‘tkazish va istiqbolli sportchilarni aniqlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ayder Kurbayev boshchiligidagi O‘zbekiston U-16 terma jamoasi mazkur musobaqa doirasidagi navbatdagi uchrashuvni Afg‘oniston terma jamoasiga qarshi o‘tkazdi.
[gallery-28673]
Uchrashuv davomida terma jamoamiz futbolchilari maydonda ustunlikni qo‘lga kiritib, faol, tezkor va tashabbuskor o‘yin namoyish etdi. Jamoaviy hamjihatlik va taktik intizom yuqori darajada ekanini ko‘rsatgan futbolchilar raqib darvozasini uch bor ishg‘ol qildi. O‘yin 3:0 hisobida O‘zbekiston terma jamoasi foydasiga yakunlandi.
Endilikda terma jamoamiz navbatdagi uchrashuvni 11-aprel kuni Turkmaniston terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
O‘zA fotomuxbiri
Muhammad AMIN olgan suratlar