Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Prezidentining Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Sankt-Peterburg shahriga amaliy tashrifi doirasidagi tadbirlar yakunlandi.

Kecha, 21 dekabr kuni O‘zbekiston yetakchisi Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida nutq so‘zladi.

Davlatimiz rahbariga, shuningdek, Qirg‘iziston va Tojikiston Prezidentlariga Lev Tolstoy nomidagi Xalqaro tinchlik mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bugun Prezidentimiz Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlari rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etdi va “Ermitaj” davlat muzeyi bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbari amaliy tashrifini yakunlab, “Pulkovo” xalqaro aeroportidan Toshkentga jo‘nab ketdi. Oliy martabali mehmonni Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.