Özbekiston global mehnat bozorining faol iştirokçisiga aylanmoqda
Prezident Şavkat Mirziyoyev mehnat migratsiyasi masalalariga bağişlangan yiğiliş ötkazdi.
Iqtisodiyot rivojlanib, turmuş darajasi oşib borayotgani sababli mamlakatimiz xorijlik fuqarolar uçun ham jozibador bölmoqda. Bugun yurtimizda uzoq muddat yaşayotgan çet elliklar soni 250 mingga yaqinlaşdi.
– Biz bu yönalişda ham oçiqlik siyosatimizni davom ettiramiz. Ayni paytda uşbu masalada tartib-intizom bölişi kerak, – dedi Prezidentimiz.
Uzoq muddat yaşayotgan xorijlik fuqarolardan 36 ming nafari işlaşga ruxsatnoma olgan, yana 24 ming nafari talaba. Davlatimiz rahbari qolganlar nima iş bilan şuğullanayotgani va daromad manbalari haqida aniq maʼlumot bölişi şartligini taʼkidladi.
Işlaşga ruxsat olganlarning 80 foizi quriliş, quriliş materiallari, töqimaçilik va xizmat körsatiş sohalarida yuqori malaka talab qilmaydigan faoliyat bilan şuğullanmoqda. Öz mehnat bozorini himoya qiliş rivojlangan davlatlarda ham keng tarqalgan amaliyotdir. Prezidentimiz yangi iş örinlariga birinçi navbatda özimizning fuqarolarni joylaştiriş zarurligini taʼkidladi.
Mutasaddilarga uzoq muddatga kelgan xorijlik fuqarolarning yaşaş va iş joyini monitoring qiliş platformasini bir oyda işga tuşiriş vazifasi qöyildi.
Yiğiliş davomida sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan muloqot qilindi, hududlar rahbarlarining axboroti tinglandi.
ÖzA