“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil”
O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi Qashqadaryo viloyati bo‘limi tashabbusi bilan mehnat faxriylari hamda fond tizimi xodimlari uchun Samarqand viloyatiga sayohat tashkil etildi.
Tadbir yurtimizning boy tarixiy-madaniy merosini targ‘ib qilish, ishtirokchilarning mazmunli hordiq chiqarishlarini ta’minlash va ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida o‘tkazildi.

Sayohat davomida ishtirokchilar Samarqand shahridagi Imom al-Buxoriy ziyoratgohi, Registon maydoni, Islom Karimov ziyoratgohi, Amir Temur maqbarasi kabi tarixiy obidalarni ziyorat qildi hamda ular haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar tashkilotchilarga minnatdorlik bildirib, bunday sayohatlar ruhiy ko‘tarinkilik va jamoada hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.
O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan bu kabi ijtimoiy ahamiyatga ega tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.
O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri