O‘zbek adibining asari Pokiston nashrida
Pokistonda chiqadigan “Sindh Courier” nashrida o‘zbek adibi Ozod Mo‘min Xo‘janing “A Heart Not Broken” (“Yurak-bag‘ri butun”) nomli fantastik hikoyasi e’lon qilindi. Ushbu hikoyani yosh tarjimon Munira Norova mahorat bilan ingliz tiliga o‘girgan.
Fizik olim sifatida uzoq yillar davomida ilmiy tadqiqotlar bilan shug‘ullangan, katta iqtisodiy foyda keltiruvchi ilmiy ixtirolari uchun davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan Ozod Mo‘min Xo‘ja 1980-yillarda fantastik hikoyalari bilan o‘zbek adabiyotiga kirib kelgan edi. Adibning birinchi kitobi 1987 yilda “Xiyobondagi uch uchrashuv” nomi ostida nashrdan chiqdi.
Shundan beri o‘tgan salkam yarim asrlik ijodiy faoliyati davomida Ozod Mo‘min Xo‘janing “Men — robot”, “Vahdat ul-haqoyiq”, “Oyjamol” choyxonasi”, “Buyuk Amir Temur yoquti”, “Koinot oqimlari” kabi o‘ndan oshiq ilmiy-fantastik, tarixiy, detektiv va she’riy to‘plamlari nashrdan chiqdi. Tarixiy va fantastik hikoyalari turli tillarga o‘girilib, Rossiya, Ukraina, Qozog‘istondagi nashrlarda e’lon qilindi.
Ingliz tilida chiqadigan “Sindh Courier” axborot-adabiy nashrining muharriri, pokistonlik mashhur jurnalist Nosir Ayjaz o‘zbek adabiyotiga doim hurmat bilan yondoshib keladi. Shu paytgacha u o‘zining nashri orqali ko‘plab o‘zbek adiblarning asarlari pokistonlik adabiyot ixlosmandlariga yetib borishida ko‘maklashdi.
O‘zA