O‘t o‘chirish qurilmalarining sifati qat’iy nazoratga olindi
So‘ngi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda ko‘chma o‘t o‘chirgichlarning sifatsizligi va yaroqsizligi yuzasidan xabarlar tarqalmoqda.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi ushbu xabarlar asosida keng ko‘lamli o‘rganish ishlarini boshlaganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ayni paytda respublikaning barcha hududlarida sotilayotgan ushbu mahsulotlarning amaldagi texnik talablarga muvofiqligini tekshirish maqsadida nazorat xaridlari amalga oshirilmoqda.
Jarayon davomida aniqlangan sifatsiz mahsulotlar va ko‘rilgan choralar yuzasidan o‘rganish yakunlariga ko‘ra qo‘shimcha batafsil ma’lumot e’lon qilinadi.
Hamroz Bayonov, O‘zA