Ona va bola salomatligi – e’tiborda
FOTOREPORTAJ
“Sog‘lom ona – sog‘lom avlod kafolati”, degan haqiqat bugungi kunda amalda o‘z tasdig‘ini topmoqda. Bu boradagi tizimli ishlar samarasini Andijon viloyati Jalaquduq tumani tibbiyot birlashmasi qoshidagi tug‘uruq kompleksi misolida ham ko‘rish mumkin.
Muassasa 2019 yili tubdan ta’mirlanib, zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan. 100 o‘rinli mazkur kompleksda 2024 yil davomida 3900 dan ortiq tug‘ruq muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Shuningdek, 1000 dan ziyod akusherlik-ginekologiya operatsiyalari yuqori malakali shifokorlar tomonidan bajarildi.
Kompleksda 269 nafar tibbiyot xodimi faoliyat yuritadi. Ular orasida 13 nafar shifokor, 171 nafar o‘rta va 85 nafar kichik tibbiy xodimi bor. Shuningdek, 10 nafar shifokor oliy toifaga ega.
Muassasaning moddiy-texnik bazasi zamonaviy talablarga javob beradi. Jumladan, raqamli rentgen, UTT, laboratoriyalar va elektron tashxis tizimi mavjud. Bu kasalliklarni barvaqt aniqlash va davolash imkonini yaratishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.
[gallery-23830]
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA