Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi
Senat yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish masalasi ko‘rib chiqildi.
Senatning tegishli qaroriga asosan Alisher Usmonov besh yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari – sudlov hay’ati raisi lavozimiga saylandi.

Ikram Muslimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosari – sudlov hay’ati raisi lavozimidan, Nodira Hakimova O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.
N.Abduraimova, O‘zA