Olimpiya cho‘qqilari sari
Samarqandda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tasarrufidagi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyati samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan uslubiy-amaliy seminar o‘tkazildi.
Samarqandda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tasarrufidagi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyati samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan uslubiy-amaliy seminar o‘tkazildi.Unda vazirlik mas’ul xodimlari, hududlardagi madaniyat va sport ishlari boshqarmalari, o‘rta maxsus ta’lim muassasalari rahbarlari hamda sohaga aloqador idoralar vakillari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining o‘rinbosari D.Mullajonov va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida sportni rivojlantirish, iste’dodli sportchilarni tarbiyalash va ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan alohida e’tibor yuksak samaralar berayotganini ta’kidladi. Keyingi yillarda ko‘plab zamonaviy sport inshootlarining bunyod etilayotgani, mavjud sport maktablari va olimpiya zaxiralari tayyorlash markazlari moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, yuqori malakali murabbiy kadrlar bilan ta’minlanayotgani sportchilarimizning xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishishiga xizmat qilmoqda. Uch bosqichli sport musobaqalarining muhim bo‘g‘ini bo‘lgan “Umid nihollari” bellashuvlari o‘quvchilar o‘rtasida sportning ommaviyligini oshirish hamda iste’dodli sportchilarni kashf etishga xizmat qilmoqda.
Seminarda O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi homiylik kengashining yaqinda o‘tkazilgan yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, davlatimiz rahbarining 2013-yil 25-fevraldagi “O‘zbekiston sportchilarini 2016-yilda Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo‘lib o‘tadigan XXXI yozgi Olimpiya va XV Paralimpiya o‘yinlariga tayyorlash to‘g‘risida”gi qarori asosida olib borilayotgan ishlar, joriy yilda Urganch shahri mezbonlik qiladigan “Umid nihollari – 2015” sport musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar muhokama etilib, zarur chora-tadbirlar belgilandi.