Obilov Muzaffar Odiljon o‘g‘lining filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Ingliz akademik diskursida sub’ektiv munosabat shakllarining struktur-semantik, funksional va lingvopragmatik tadqiqi” mavzusida
Obilov Muzaffar Odiljon o‘g‘lining “Ingliz akademik diskursida sub’ektiv munosabat shakllarining struktur-semantik, funksional va lingvopragmatik tadqiqi” mavzusidagi 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligidan filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoyasi Andijon davlat chet tillari instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.Fil.32.02 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 30-oktabr soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 170100, Andijon shahri, Boburshox ko‘chasi, 5-uy.
Tel: (74) 223-42-76
e-mail: asifl@edu.uz