OAVlar endi DXMlardan ro‘yxatdan o‘tkaziladi
Ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vazifasi davlat xizmatlari markaziga o‘tkazildi.
Ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vazifasi davlat xizmatlari markaziga o‘tkazildi.
Shuningdek, matbaa faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat berish, noshirlik faoliyatini litsenziyalash ham davlat xizmatlari ko‘rsatish markaziga o‘tkazilgan.
Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 19 dekabrdagi "Ommaviy axborot va kommunikatsiyalar sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 1017-son qarori asosida belgilandi.
Avval, mazkur xizmatlarni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bajarib kelgan.