Nuroniy otaxon va onaxonlar e’tiborda
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Uychi tumanidagi “Qahramon” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Karimjon ota Turg‘unov 74 yoshni, umr yo‘ldoshi Rislig‘oy aya 73 yoshni qarshi olgan. Karimjon ota nafaqaga qadar temiryo‘lda mashinist, Rislig‘oy aya 7-maktabda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, kutubxonachi bo‘lib ishlagan.
[gallery-18632]
Tuman hokimi maslahatchisi, “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi raisi T. Ismatillayev hamda mahalla vakillari kuni kecha duogo‘y otaxon va onaxonni yo‘qladi. Bunday e’tibordan qariyalar behad mamnun bo‘ldi.
Ta’kidlash kerak, Respublika “Nuroniy” jamg‘armasi boshqaruvi raisi Sodiqjon Turdiyev tashabbusi va jamg‘arma mablag‘i hisobidan Uychi tumanida umrguzaronlik qilayotgan 50 nafar faol nuroniy otaxon va onaxonning “Chodak” dam olish maskaniga sayohati tashkil etildi.
Jamg‘armaning bunday ezgu tadbirlari keng ko‘lamda davom etmoqda.
O‘zA fotomuxbiri
Hotam MAMADALIEV olgan suratlar