Nurmat Otabekov: - Koronavirus butkul yo‘q bo‘lmaydi!
Ob-havo sharoiti, global migratsiya va sanitariya talablariga rioya qilinishi – bularning barchasi virus va boshqa mikroorganizmlar bilan chaqiriladigan infeksiyalarning kirib kelishi va tarqalishiga ta’sir qiluvchi asosiy omillardan biri xisoblanadi. Bu yil qish fasli unchalik seryog‘in bo‘lmadi, yoz esa anomal issiq bo‘lishi kutilmoqda, degan mish-mishlar ham yo‘q emas...
Xo‘sh, bu kabi o‘zgarishlar aholining sog‘ligiga qanday ta’sir qiladi?
Viruslarning kirib kelish ehtimoli qanchalik? Kovid bilan bog‘liq vaziyat hozir qanday? Fasllar almashinuvi davrida salomatlikni saqlash uchun aholi nimalarga e’tibor berishi muhim?
Sanepidqo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Otabekovning ta’kidlashicha, Kovid nafaqat bizdan, balkim, boshqa davlatlardan ham butkul ketmaydi, kasallik qolish uchun kelgan...
“Endilikda, Kovid oddiy respirator virusli kasallik sifatida, xuddi gripp, paragripp viruslari singari oramizda yuraveradi”, deydi Nurmat Otabekov, biz bilan suhbatda.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/-JEGHAVDiV4?si=7zH1mQXisG0PFl7n" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Eshmirzayeva, D.Yakubov, I.Ismatov, O‘zA