Nukusda OTMlar Prezident maktabiga kitoblar sovg‘a qildi
O‘quvchilar va ularning ustozlari bilan suhbatlashdi, maktabga kitoblar sovg‘a qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi barcha oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, faol yoshlari Nukus shahridagi Prezident maktabida ta’lim olayotgan o‘quvchilar bilan uchrashib, yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. O‘quvchilar va ularning ustozlari bilan suhbatlashdi, maktabga kitoblar sovg‘a qildi.
Maktabda o‘quv jarayonlari qoraqalpoq, o‘zbek tillarida, STEAM ta’lim dasturi asosida olib boriladi. Matematika, fizika, kimyo, biologiya va axborot texnologiyalari fanlari Buyuk Britaniyaning Cambridge University tashkiloti dasturi asosida ingliz tilida o‘qitiladi.
Joriy yilda maktabga 7 ming 500 o‘quvchi hujjat topshirgan bo‘lsa, shundan iqtidorli 144 o‘quvchi Kembridj universiteti xalqaro imtihon bo‘limining tajribali mutaxassislari tomonidan tanlab olindi. Har bir sinfda ikki guruhga bo‘lingan holda 12 o‘quvchidan jami 24 o‘quvchi ta’lim oladi.