Nukus garnizonida zamonaviy harbiy texnika namoyish etildi
FOTOREPORTAJ
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugining Nukus garnizonidagi harbiy qismda sportchi yoshlar ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi sport vaziri hamda sportchi yoshlar ishtirok etib, harbiy qism faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Yoshlar qalbida Vatanga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbirda ishtirokchilar Qurolli Kuchlar tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, zamonaviy yondashuvlar, shuningdek, harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldilar.
Kun davomida sportchi yoshlar harbiy qismda tashkil etilgan mashg‘ulot jarayonlari hamda zamonaviy harbiy texnika va qurol-aslaha namoyishini yaqindan kuzatib, mamlakatimiz mudofaa salohiyatining qudratini his etdilar.
[gallery-28718]
Tadbir yoshlarning harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishini oshirish, kelajakda Vatan himoyachilari safini munosib davom ettirishga rag‘batlantirishga xizmat qiluvchi muhim tashabbuslardan biri bo‘ldi. Bunday uchrashuv va ochiq muloqotlar yoshlar ongida mustahkam e’tiqod, yurtga sadoqat hamda kelajak uchun mas’uliyat hissini shakllantiradi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA