Norvegiya yaqinida cho‘kkan suv osti kemasida xavfli yuk bor
Germaniyaning U-864 suv osti kemasi 80 yildan ortiq vaqt davomida Norvegiya qirg‘og‘i yaqinida, taxminan 150 metr chuqurlikda yotibdi. Ushbu kemada 67 tonna simob bo‘lishi mumkin.
Mazkur suv osti kemasi 1945-yil Buyuk Britaniyaning “HMS Venturer” kemasi torpedo hujumidan so‘ng cho‘kib ketgan. Hodisa chog‘i 73 nafar ekipaj a’zosi halok bo‘lgan.
Tarixiy hujjat U-864 sahnida Yaponiya harbiy sanoati uchun zarur 1867 simob konteyneri olib ketilayotganini tasdiqlaydi. Ba’zi idishlar cho‘kish payti shikastlangan va zaharli modda allaqachon dengiz cho‘kindisiga singib ketgan.
Shu yil Norvegiya suv ostidan olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan 22 konteynerning askari shikastlangan. Taxminan yarim tonna simob suv yuzasiga chiqarildi. Afsuski, moddaning bir qismi suvga oqib tushgan.
Rasmiylar yukni olib chiqishga urinishda davom etish yoki suv tubida yotgan submarinni maxsus himoya qoplamasi bilan berkitish va monitoringni davom ettirish borasida bir qarorga kelish uchun bosh qotirmoqda.
S.Rahimov, O‘zA