Navoiyxon talabalar bahslashdi
FOTOREPORTAJ
Urganch davlat universitetida “Navoiyxon talaba” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Tanlov so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy ijodi, boy adabiy merosini chuqur o‘rganish, shoir asarlari mazmun-mohiyatini teran anglash maqsadiga qaratilgan bo‘lib, ishtirokchilar savol-javob, bahs-munozara hamda Alisher Navoiy lirikasidan namunalar o‘qish shartlarida o‘z bilim va mahoratini namoyish etdi.
[gallery-20330]
Badiiy qism Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi talabalarining chiqishlari, Navoiy hayoti bo‘yicha tayyorlangan videorolik hamda kuy-qo‘shiq, go‘zal raqslar bilan yanada jonli tus oldi.
Tadbir yakunida tanlov g‘oliblariga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Behzodbek SAIDOV(surat),O‘zA