Namanganda obodonlaştiriş işlari davom etmoqda
Namangan şahar hokimi Ayubxon Kamolov Sardoba mahallasidagi 6-, 8- va 10-sonli köp qavatli uylar atrofida olib borilayotgan obodonlaştiriş işlari bilan tanişdi.
Örganiş davomida hudud infratuzilmasini yaxşilaş, aholi uçun qulay va xavfsiz muhit yaratiş hamda köp qavatli uylar atrofini obodonlaştirişga qaratilgan rejalar muhokama qilindi.
Jumladan, mazkur hududda zamonaviy avtoturargoh, bolalar öyingohi va sport maydonçasini barpo etiş, uylar atrofidagi içki yöllarni betonlaş hamda beton ariqlar örnatiş közda tutilgan.
Uşbu işlar aholiga qulaylik yaratiş, transport vositalari va piyodalar harakatini tartibga soliş, şuningdek, bolalar va yoşlarning böş vaqtini mazmunli ötkazişi uçun şaroitlarni yaxşilaşga xizmat qiladi.
[gallery-32377]
Şahar hokimi örganiş davomida aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş, rejalaştirilgan işlarni sifatli va öz vaqtida bajariş yuzasidan mutasaddilarga tegişli topşiriqlar berdi.
Hotam MAMADALIYEV (surat), ÖzA