“Mustaqillik kubogi” musobaqasidan fotoreportaj
Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi hamda O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi hamkorligida ommaviy axborot vositalari vakillari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha “Mustaqillik kubogi” musobaqasi tashkil etildi.
Mazkur musobaqa jurnalistlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviylik ruhini mustahkamlash hamda sport orqali o‘zaro hamjihatlikni yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
Qur’a natijalariga ko‘ra, 22 ta jamoa 4 ta guruhga ajratildi. Guruh bosqichi uchrashuvlari 6-may kuni start oldi va 7-mayga qadar davom etadi. Final bellashuvlari esa 8-may kuniga belgilangan.
[gallery-29238]
Ayni paytda guruh bosqichining dastlabki tur uchrashuvlari yuqori kayfiyat va murosasiz kurashlar ostida kechmoqda. Har bir jamoa g‘alaba uchun bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etmoqda.
Sarvar O‘RMONOV(surat),O‘zA