Murgʻak qalblar sadosi
Tanlov yoshlarda kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida sheʼriyat yoʻnalishida tashkil etildi.
1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni
Tanlov yoshlarda kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida sheʼriyat yoʻnalishida tashkil etildi. Unda oʻquvchilar oʻzlari yozgan yoki taniqli shoirlar sheʼrlarini ifodali oʻqib, videolavha tayyorladi. Oʻquvchilar tomonidan yuborilgan ijodiy ishlar telegramdagi “Yosh kitobxonlar” kanaliga qoʻyib borildi. Tanlovda 8000 nafarga yaqin oʻquvchi oʻz ijod namunalari bilan qatnashdi. Tanlov davomida ishtirokchilar tomonidan yuborilgan 5000 dan ortiq ish telegram kanaliga joylashtirildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoraoʻzak tumanidagi 28-maktabning 5-sinf oʻquvchisi Davletyor Abdirov tanlov gʻolibi deb topildi va 40 ta audiokitob hamda I darajali sertifikat bilan taqdirlandi. Ikkinchi oʻrinni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi 37-maktabning 7-sinf oʻquvchisi Farangiz Oʻroqova egalladi hamda 20 ta audiokitob va II darajali sertifikat bilan mukofotlandi. Uchinchi oʻringa Navoiy viloyati Nurota tumanidagi 6-maktabning 2-sinf oʻquvchisi Rayhona Rahmonqulova sazovor boʻldi. U 15 ta audiokitob va III darajali sertifikat bilan taqdirlandi.