Muammolarni o‘z vaqtida hal etish muhim omil
Prezidentimizning Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi Xalq qabulxonasiga joriy yilning mart oyiga qadar 557 nafar jismoniy va yuridik shaxslardan 611 ta masalaga oid murojaatlar kelib tushgan. Shundan 33 tasi yuqori tashkilotlarga yuborilgan. 12 tasi Administratsiya nazoratiga o‘tkazilgan. 1 tasi Xalq qabulxonasiga ko‘rib chiqilgan. 580 tasi hududdagi tashkilotlarga yuborilgan. 581 tasi Xalq qabulxonasi nazoratiga olingan.
– Xalq qabulxonasi nazoratidagi murojaatlarning 313 tasi yoki 73.3 foizi qanoatlantirilgan, – deydi tuman Xalq qabulxonasi mudiri U.Halimov. – Murojaatlarning 242 tasi yoki 52.5 foizi ijobiy hal etilgan. 177 ta murojaatga huquqiy tushuntirish berilgan. 24 ta murojaat uzoq muddatga nazoratga olingan.


Joriy yilda Xalq qabulxonasi tumandagi 4 ta sektor rahbarlari bilan hamkorlikda mahalla fuqarolar yig‘inlarida aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, joylarda aholi uchun dolzarb muammolarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida xonadonbay muammolarni o‘rganib, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan aholiga ko‘mak berish, ularni turmush sharoitini yaxshilash maqsadida fuqarolarning xonadonlariga tashrif buyurib mavjud muammolarni tinglamoqda.
Sayyor qabullar jarayonida 6 ming 454 nafar fuqarolar ishtirok etib, 943 nafar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yo‘llangan 1007 ta turli sohalarga oid murojaatlar qabul qilindi. Mazkur qabul qilingan 1007 ta murojaatlarning 610 tasi qanoatlantirilgan bo‘lib, shundan 460 tasi ijobiy hal etildi. 150 tasiga huquqiy maslahat berilgan, 205 tasiga asosli tushuntirish berilgan, 39 tasi uzoq muddatli nazoratga olingan.


– Xalq qabulxonasiga qilgan murojaatim ijobiy yechim topdi, – deydi Pinjuvon qishlog‘ida yashovchi O‘ktam Ajoyibov. – Yashash sharoitimni yaxshilash maqsadida xonadonimga yangi darvoza o‘rnatib berildi. Uy-ro‘zg‘or buyumlari bilan birga maishiy texnika bilan ta’minlandim.

Joriy yilning o‘tgan davrida amaldagi qonun hujjatlari va tuman Xalq qabulxonasining ish rejasiga muvofiq, murojaatlar bilan ishlashda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan shaxslarni javobgarlikka tortish, sektorlarda amalga oshirilayotgan ishlar va yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlariga 2 ta taqdimnoma, 1 ta taklif hamda Xalq deputatlari Kengashiga 4 marotaba axborot kiritilgan.

Shuningdek, tuman Xalq qabulxonasiga murojaat qilib kelgan G‘ijduvon tumani “Abdulla Qaxxor” mahalla fuqarolar yig‘ini, Kimson ko‘chasida yashovchi Dilorom Safarova 1-guruh nogironi ekanligi, ko‘zi ko‘rmay qolganligi sababli jarrohlik amaliyotini o‘tkazishda moddiy yordam berishni so‘rab murojaat qilgan. Natijada G‘ijduvon tumanidagi Xalq qabulxonasining aralashuvi bilan murojaat ijobiy hal qilingan. Fuqaroga Xalq deputatlari G‘ijduvon tumani Kengashining 2023 yil 28 fevraldagi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobiga kelib tushgan mablag‘larni maqsadli sarflash to‘g‘risida” gi qarori bilan 10 million so‘m pul mablag‘i ajratib berilgan.
Zarif Komilov, O‘zA