“Mona Liza” suratiga jiddiy zarar yetish xavfi bor
Mashhur musavvir Leonardo Da Vinchining “Mona Liza” yoki “Jakondo” deb ataluvchi suratining asl holatiga jiddiy putur yetmoqda.
Mashhur musavvir Leonardo Da Vinchining “Mona Liza” yoki “Jakondo” deb ataluvchi suratining asl holatiga jiddiy putur yetmoqda.
Bu haqda Luvr muzeyi rang-tasvir va grafika bo‘limi qo‘riqchilari ma’lum qilgan.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, surat namoyishga qo‘yilish uchun endilikda boshqa mamlakatlarga olib borilmaydi va uni faqat Luvrdagina ko‘rish mumkin. “Ularning fikricha, boshqa joyga tashish paytida surat ikkiga ajralib ketishi mumkin”, deyiladi “radiovesti.ru” xabarida.