Moliyaviy savodxonlik – zamon talabi
FOTOREPORTAJ
Mamlakatimizda Markaziy bank tashabbusi bilan “Umumjahon pul haftaligi” (Global money week) doirasida “Pullaringizni himoya qiling, kelajagingizni ta’minlang!” shiori ostida ta’lim muassasalarida rang-barang tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.
Yangi avlodning moliyaviy savodxonligini oshirishda “Agrobank” ATB jamoasi ham faol ishtirok etmoqda. Jumladan, bank mutaxassislari tomonidan Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida 3-umumta’lim maktabi o‘quvchilari uchun interaktiv master-klass shaklida o‘quv trening tashkil qilindi.
[gallery-23144]
Biznes trener Abdujalol Rahimov olib borgan mashg‘ulotda o‘quvchilarga moliyaviy savodxonlik, daromad va xarajatlarni rejalashtirish, iqtisodiy farovonlikka erishish, bank omonatlari hamda biznesga birinchi qadam va tadbirkorlik ko‘nikmalari borasida ma’lumotlar berildi. Mavzuga oid qiziqarli taqdimotlar bo‘lib o‘tdi.
Ta’kidlash joiz, bunday mashg‘ulotlarni tumanning 5 ta umumta’lim maktabida o‘tkazish rejalashtirilgan.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA