MKBANK xalqaro bozordan 65 million dollar jalb etdi
Yana bir yirik muvaffaqiyat!
MKBANK Jahon banki guruhi tarkibidagi MIGA kafolati ostida Birlashgan Arab Amirliklarining “Mashreq Bank” bankidan 65 million AQSH dollari miqdoridagi moliyalashtirishni jalb qildi.
Moliyalashtiriladigan yo‘nalishlar:
Savdoni moliyalashtirish
Kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash
Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish
“Yashil” va ekologik loyihalarni moliyalashtirish.
Bu bitim MKBANKning xalqaro moliya bozoridagi ishonchli hamkor sifatidagi mavqeini yana bir bor tasdiqlaydi.
Bank axborot xizmati
Reklama huquqi asosida