Mezbonlar jamoasi g‘olib
Navoiyda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida futbol bo‘yicha “Kamolot” kubogi” turnirining mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Navoiyda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida futbol bo‘yicha “Kamolot” kubogi” turnirining mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.Prezidentimizning 2014-yil 6-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilayotgan musobaqa yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishda muhim omil bo‘lmoqda.
Navbahor tumani markaziy stadionida o‘tkazilgan turnirda Samarqand viloyatining Bulung‘ur iqtisodiyot va servis kasb-hunar kolleji, Navoiy viloyati Navbahor tumani “Istiqlol” sanoat kasb-hunar kolleji va Buxoro iqtisodiyot va bank kolleji o‘quvchilari futbol jamoalari o‘zaro bahslashdi.
Turnir yakuniga ko‘ra, Navbahor tumani “Istiqlol” sanoat kasb-hunar kolleji jamoasi birinchi o‘rinni egalladi va turnirning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi.