Meksika Prezidenti Eronning Jahon chempionatidagi o‘yinlari AQShdan Meksikaga ko‘chirilmasligini tasdiqladi
Janni Infantino Eron terma jamoasini AQSh va Isroilning harbiy operatsiyasiga qaramay, jahon chempionatiga kelishini ma’lum qilgan edi.
Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum Eron milliy terma jamoasining Jahon chempionati guruh bosqichidagi uchrashuvlari AQShdan Meksikaga ko‘chirilmasligini ma’lum qildi.
"Oxir-oqibat FIFA o‘yinlarni belgilangan joyidan boshqa joyga ko‘chirish mumkin emasligi kerak degan qarorga keldi. Bunday qadam tashkilotdan ulkan logistika sa’y-harakatlarini talab qiladi. Bu esa ortiqcha ovoragarchilikka olib keladi", - dedi Sheynbaum.
Avvalroq, FIFA prezidenti Janni Infantino Eron terma jamoasini AQSh va Isroilning harbiy operatsiyasiga qaramay, jahon chempionatiga kelishini ma’lum qilgan edi.
Mart oyida esa Eron futbol federatsiyasi prezidenti Mehdi Toj tashkilot FIFA bilan jamoa o‘yinlarini Meksikaga ko‘chirish masalasini muhokama qilayotganini haqida e’lon qilgan edi.
Jahon chempionati bahslari 11-iyundan 19-iyulgacha AQSh, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tadi.