Mehnat nizolarini ko‘rishga ixtisoslashgan sudyalar korpusi shakllantirildi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi rayosatining “Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda mehnat nizolarini ko‘rishga ixtisoslashgan sudyalar korpusini shakllantirish haqida”gi qarori qabul qilindi.
Qaror ijrosi doirasida fuqarolik ishlari bo‘yicha poytaxt sudlari bo‘yicha mehnat nizolariga ixtisoslashgan sudyalar ro‘yxati tasdiqlandi.
Toshkent shahar sudi rayosati qaroriga muvofiq:
Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining sudyalari - Qosimov Ixtiyor Uralovich, Qayumov Hamidjon Juraqulovich, Sharopov Jamshid Burhonovich, Hamroyeva Elvira Damirovna;
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudi sudyalari - Rahmatov Abror Aliyevich, Boboraimova Mavluda Mirzakarimovna;
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudi sudyalari - Hojiyev Maqsud Ilxomovich, Hayitova Adiba G‘ofurovna;
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudi sudyalari - Gadoyev Bekzod Ishqobilovich, O‘tanboyeva Lola Umirzoqovna;
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudi sudyalari - Mamayusupov Jasurbek Bahodirovich, Mamaraimova Gulruh Mahmudovna;
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudi sudyalari - Soliyeva Ziyodaxon Komiljonovna, Kenjayeva Nigora Esonboyevna joriy yilning 1-avgust sanasidan boshlab, mehnat nizolarini ko‘rishga ixtisoslashgan sudyalar sifatida faoliyatini davom ettiradi.
N.Abduraimova,
O‘zA