Mehnat migrantlari muammolari hal etilmoqda
Rossiya Federatsiyasining Ufa shahridagi “VNZM” MCHJning Samara viloyatidagi filialiga mart oyida O‘zbekiston fuqarolari vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan edi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Samara shahridagi vakolatxonasiga mazkur mehnat migrantlaridan korxonaga tegishli yotoqxonada istiqomat qilayotgani va ular tomonidan berilayotgan ovqatdan shikoyat kelib tushgan.
Vakolatxona xodimi tomonidan muammo joyiga chiqib o‘rganildi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ish beruvchiga tushuntirildi. Yaqin kunlarda fuqarolarning patent va boshqa hujjatlari rasmiylashtirilgandan so‘ng, ularning kartalariga mablag‘ o‘tkazilishi belgilandi.

Shuningdek, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Samara shahridagi vakolatxonasi tomonidan Samara shahri Krijanovskogo ko‘chasidagi qurilish ob’ektiga O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilish bo‘yicha ish beruvchilar bilan muzokaralar olib borilib, sharoitlari o‘rganildi.