Media sohasida sun’iy intellektni qo‘llash jarayonlari muhokama qilindi
Poytaxtimizda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) hamkorligida “Sun’iy intellekt asosida kino va video ishlab chiqarish” o‘quv kursi boshlandi. Mazkur o‘quv dasturi yoshlarning zamonaviy media texnologiyalari, kreativ industriya va sun’iy intellekt imkoniyatlari bo‘yicha bilim hamda amaliy ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan.
Kurs uchun Turkiyadan media va sun’iy intellekt texnologiyalari yo‘nalishidagi maxsus mutaxassislar jalb etilgan bo‘lib, ishtirokchilarga xalqaro tajriba asosida nazariy va amaliy bilimlar ulashilmoqda. Dastur davomida qatnashchilar ssenariy yozish asoslari va kino ishlab chiqarish jarayonlarida sun’iy intellekt imkoniyatlari bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lmoqda.



Shuningdek, Midjourney, Runway, ChatGPT, Kling, Veo kabi zamonaviy platformalar yordamida vizual sahnalar yaratish, AI video generatsiya, montaj va kreativ kontent ishlab chiqish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar ham tashkil etildi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA