Mbappening dubli Fransiyani JCh-2026 ning 1/8 finaliga olib chiqdi, navbatdagi raqib — Paragvay
Ist-Raterforddagi (AQSH) “Metlayf” oʻyingohida kechgan va niderlandiyalik hakam Danni Makkeli boshqarib borgan bahsda fransuzlar 3:0 hisobidagi yirik gʻalabani tantana qilishdi.
2026-yilgi Jahon chempionatining 1/16 final bosqichidan oʻrin olgan Fransiya hamda Shvetsiya terma jamoalari oʻrtasidagi uchrashuv yakunlandi. Ist-Raterforddagi (AQSH) “Metlayf” oʻyingohida kechgan va niderlandiyalik hakam Danni Makkeli boshqarib borgan bahsda fransuzlar 3:0 hisobidagi yirik gʻalabani tantana qilishdi.
Uchrashuvda “uch ranglilar” safida hujumchi Kilian Mbappe ikkita gol urib, dubl qayd etgan boʻlsa, yana bir golga Bredli Barkola mualliflik qildi.
Ushbu ishonchli gʻalabadan soʻng Fransiya terma jamoasi musobaqaning 1/8 finaliga yoʻl oldi. Ular 5-iyul kuni chorak final yoʻllanmasi uchun Paragvay milliy jamoasiga qarshi maydonga tushishadi.